“Kun.uz” saytida “Mebelchidan “Oshpaz”gacha – quyosh panellari o‘rnatish bo‘yicha tenderlarni kimlar yutmoqda?” sarlavhasi ostida 2023-yil 7-avgustda chop etilgan tanqidiy maqola yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Toshkent viloyati va Toshkent shahri hududiy boshqarmalari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
O‘rganish ishlari davomida maqolada keltirilgan buyurtmachilardan biri O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi Bojxona instituti tomonidan 2023-yil 14-iyulda “Bojxona instituti hududidagi binolarga quvvati 300 kVtdan kam bo‘lmagan quyosh fotoelektr stansiyani o‘rnatish va ishga tushirish” bo‘yicha o‘tkazilgan 2274654-raqamli tender savdosida raqobat to‘g‘risidagi qonun talablari buzilganlik alomatlari aniqlanmadi, holat yuzasidan 20-iyul kuni Bojxona qo‘mitasi o‘z rasmiy munosabatini bildirgan. Manba: https://new.customs.uz/uz/news/bozhhona-qomitasi-izhtimoiy-tarmoqlarda-yoritilgan-habarga-munosabat-bildiradi
“Kun.uz” saytidagi maqolada keltirilgan boshqa buyurtmachilar tomonidan o‘tkazilgan tanlov/tender savdolarida raqobat to‘g‘risidagi qonunning 14-moddasi birinchi qismi talablari (Tanlov (tender) savdolarini o‘tkazishda raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar va savdolar o‘tkazishning qonunchilikda belgilangan tartibini buzish) buzilganlik alomatlari mavjud bo‘lib, holat yuzasidan Qo‘mita hududiy boshqarmalari tomonidan qo‘shimcha ma’lumotlar yig‘ilmoqda.
Hududiy boshqarmalar tomonidan maqola yuzasidan qabul qilingan yakuniy qaror va ko‘rsatmalari yuzasidan ma’lumot taqdim etiladi.