“O‘zbektelekom”AJ tomonidan 01.06.2023-yil xarid.uzex.uz elektron tizimida 258653-sonli lot orqali eng yaxshi takliflarni tanlab olish savdosining O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi va “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunlari talablariga rioya qilinishi yuzasidan vakolat doirasida o‘rganish amalga oshirildi.
platina.uz saytida “Merches” MChJning faoliyat turi kiyimlar ulgurji savdosi bilan shug‘ullanishi bildirilgan.
registr.stat.uz saytida “Merches” MChJ IFUT 46421 kod bilan “Kiyimlar ulgurji savdosi” faoliyati bilan shug‘ullanishi bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tganligi maʼlum bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 8-moddasida, tadbirkorlik faoliyati subyektlari qonunchilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirishga haqli ekanligi belgilangan.
O‘rganish natijasida mazkur tanlov savdosi jarayonida O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni talablari buzilishi alomatlari aniqlanmadi.