Ijtimoiy tarmoqlarda “Roodell” MChJ tomonidan sotuvga chiqarilayotgan Chery avtomobilini 1 hafta haydamasdan motor qismidagi nosozlik kelib chiqishi oqibatida e’lon qilingan maqolaga ko‘zingiz tushgan bo‘lsa kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan mazkur masala yuzasidan “Roodell” MChJ tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda keltirilgan masalalarga oydinlik kiritish va iste’molchining qonunchilik bilan kafolatlanadigan huquqlarini tiklash choralari ko‘rildi.
“Roodell” MChJ tomonidan 2023-yil 11-iyulda Fuqaro I.Abbasovga tegishli avtomobilining motor qismida yuzaga kelgan nosozliklar xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan yangi motor o‘rnatib berilishini, ushbu motor o‘rnatib berilgunga qadar esa, jamiyat tomonidan vaqtincha foydalanib turish uchun fuqaroga boshqa avtomashina bepul taqdim etilishi ta’minlandi.