O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarni himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari A.Qayumov ishchi guruh tarkibidagi tijorat banki bilan birgalikda aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan 7 ta asosiy topshiriqlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha Chust tumanining Pansada va Yorqishloq mahallalarida aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. O‘tkazilgan uchrashuvlarda tadbirkorlik salohiyati va tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aholining amaliy ko‘nikmalari bilan yaqindan tanishdi.
Uchrashuvda fuqarolar tomonidan issiqxona, parrandachilik hamda asalarichilik bo‘yicha tadbirkorlik qilish istagi borligi bildirilib, hokim yordamchilari tomonidan ushbu fuqarolarga imtiyozli shartlar asosida kredit mablag‘lari olish uchun tavsiyanoma berish ta’minlandi. Bundan tashqari xar-bir mahallaning ikkita ko‘chasi namunaviy ko‘cha sifatida shakllantirish bo‘yicha tuman ma’sullari va Pansada hamda Yorqishloq mahallalarining yettiligi bilan birgalikda tanlangan ko‘cha va xonadonlar o‘rganilib, Respublika ishchi guruhi tomonidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
Shuningdek, Respublika ishchi guruhining tuman mas’ullari bilan birgalikda mahallalardagi daromadini oshirish istagi bor fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularga tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish va faoliyat yuritishda amaliy ko‘mak berish yuzasidan amaliy ishlar davom ettirilib, qilingan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berib borilishi ta’minlanadi.