Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tizimida joriy yilning 20-dekabrgacha “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” deb e’lon qilindi.
Mazkur tadbir “9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan, shuningdek mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida belgilangan ustuvor vazifalarni samarali amalga oshirish maqsadida tashkil etilmoqda.
Oylikning asosiy maqsadi – korrupsiyaning har qanday ko‘rinishini oldini olish, tashkilot faoliyatida to‘liq shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash, xodimlarda korrupsiyaga nisbatan qat’iy, murosasiz munosabatni shakllantirish, shuningdek Qo‘mita tizimida halollik, poklik, adolat va qonuniylik tamoyillarining izchil qaror topishi hamda ularning amaliyotda keng qo‘llanishini ta’minlash.
Shuningdek ushbu oylik doirasida quyidagilar amalga oshiriladi:
🔘Markaziy apparat va hududiy boshqarmalarda keng qamrovli profilaktik chora-tadbirlar;
🔘Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘quv-seminarlar, ochiq muloqotlar;
🔘Soha ekspertlari, jamoatchilik va OAV vakillari ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari;
🔘Korrupsiyaga qarshi ichki tartib-intizomni kuchaytirish;
🔘Aholi va xodimlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi madaniyatni oshirishga qaratilgan axborot-targ‘ibot ishlari.
Yuqoridagi oylik doirasida amalga oshirilgan faoliyat va yangiliklar Qo‘mitaning rasmiy veb-sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari va OAVlari orqali muntazam yoritib boriladi.








