Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi Sh.Sharaxmetov va Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari S.Eshmatov boshchiligidagi ishchi guruh Namangan viloyatining qator tumanlarida o‘rganishlar amalga oshirmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining «Mahallalarda soliq organlari faoliyatini samaradorligini oshirish chora-tadbirlari» to‘g‘risidagi Farmoyishi va “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi ijrosi yuzasidan viloyatning Namangan tumanida tadbirkorlik subyektlari faoliyatlari bilan tanishib, ulardagi muammolar, ularni hal etish va hozirgi vaqtdagi ularga berilayotgan imtiyozlar, soliq maʼmurchiligi sohasidagi o‘zgarishlar yuzasidan muloqotlar o‘tkazildi.
Ushbu yangilik bilan boʻlishish