Platforma mustaqil iqtisodchilar, ekspertlar, tadqiqotchilar, parlament va davlat organlari, xalqaro tashkilotlarning O‘zbekistondagi vakolatxonalari vakillari, dastur va loyihalarda faoliyat yuritayotgan ekspertlarning dolzarb mavzularni muhokama qilish va o‘zaro fikr almashish maydoni hisoblanadi.
Yaqinda ushbu platforma ishtirokchilarining ilk uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi Halilillo Turaxujayev platformani tuzish sabablariga to‘xtalib o‘tdi. Uning ta’kidlashicha, ko‘zlangan maqsad mamlakatimizda davom etayotgan tarkibiy islohotlarga ko‘maklashish, raqobat va biznes muhitini yaxshilash bo‘yicha aniq mexanizmlarni ishlab chiqish, biznes uchun tartibga solish jarayonlarini soddalashtirish, iqtisodiyot sohasida uzoq yillardan beri saqlanib qolayotgan tizimli muammolar yuzasidan fikr yuritish va ularga yechimlar topish, jamiyatda raqobatga zid har qanday harakatlarga murosasizlikni hamda iste’molchilarning manfaatlarini to‘laqonli himoya qilish tizimini shakllantirishdan iborat. Buning uchun esa sog‘lom raqobat muhitini yaratish, tovar bozorlariga erkin kirishni ta’minlash, biznesda ma’muriy yukni kamaytirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish, JSTga a’zo bo‘lish jarayoni, raqamli va moliya bozorlari, davlat tomonidan narxlarni tartibga solish, tabiiy monopoliya sohalarida raqobat imkoniyatlarini aniqlash, davlat xaridlari kabi masalalar muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan. Natijalari bo‘yicha tayyorlanadigan tahliliy ma’lumotlar, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, tovar bozorlariga erkin kirishni ta’minlash, biznesda ma’muriy yukni kamaytirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish, JSTga a’zo bo‘lish jarayoni, raqamli va moliya bozorlari, davlat tomonidan narxlarni tartibga solish, tabiiy monopoliya sohalarida raqobat imkoniyatlarini aniqlash, davlat xaridlari kabi masalalar muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan. Natijalari bo‘yicha tayyor lanadigan tahliliy ma’lumotlar, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, hisobotlar, takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oliy Majlis Senati, Vazirlar Mahkamasiga kiritib borilishi mo‘ljallangan.
Iqtisodchilar muzokara platformasining dastlabki muhokamasi qizg‘in ruhda o‘tib, bir qator muhim fikr-mulohazalar bildirildi. Jumladan, Jahon savdo tashkiloti masalalari bo‘yicha Prezidentning maxsus vakili Aziz Urunov tovar va moliya bozorlarida biznesni rivojlantirishning asosiy jihatlari haqida o‘z tavsiyalarini o‘rtaga tashladi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Nodir Jumayev iste’molchilar va birja soha- sida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar hamda qonunchilikni takomil- lashtirish yuzasidagi takliflarni qo‘llab-quvvatlashini aytib o‘tdi. “Infrasia Capital” bosh direktori, investitsiya va bank sohasida ekspert Odilbek Isoqov iste’mol savatidagi mahsulotlar tannarxini shakllantirish yuzasidan umumiy tahlillar o‘tkazish maqsadga muvofiqligini, bunday o‘rganishlarning ahamiyatini urg‘uladi.
Tadbir davomida OAV vakillari bilan hamkorlikda seminar treninglar tashkil etish, jamoatchilik bilan ishlash tizimini yanada yaxshilash, raqobat va iste’molchilar huquqlari sohasidagi qonunchilik talablarini ko‘proq buzuvchi subyektlar uchun alohida davlat reyestrini yaratish va bu ro‘yxatni muntazam ochiqlab borish yuzasidan takliflar ilgari surildi. Bildirilgan tavsiyaxulosalardan qo‘mita faoliyatini rivojlantirishda hamda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda foydalanilishi ma’lum qilindi.
Zamira TOJIYEVA