RAQOBAT SOHASIDAGI MUNOSABATLARNI TARTIBGA SOLUVCHI QONUN
Joriy yilning 16-21-avgust kunlarida Buxoro viloyatining Buxoro va Kogon shaharlari, Peshku, G‘ijduvon, Vobkent, Qorako‘l, Olot, Jondor tumanlarida O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida ommaviy axborot vositalari vakillari va aholi uchun o‘quv seminarlari tashkillashtirildi.
Seminarda yangi tahrirdagi qonun bo‘yicha asosiy tushunchalar, monopoliyaga qarshi komplayens, ustun mavqe, tabiiy monopoliya subyektlarining huquq va majburiyatlari, iqtisodiy konsentratsiya ustidan davlat nazorati hamda savdolarda raqobatni cheklashga qarshi talablar haqida yig‘ilganlarga tushunchalar berildi.
Ommaviy axborot vositalari xodimlari bu yo‘nalishda vakolatli davlat organi va ularning hamkorligi, qonunchilik buzilgan taqdirda qo‘llaniladigan moliyaviy sanksiyalar borasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan to‘liq javoblar olishdi.