– iste’molchilar huquqlarini inobatga olgan holda raqobatni himoya qilish, raqobatga qarshi harakatlarning oldini olish va to‘xtatish;
– raqobat muhitini rivojlantirish, tovar va moliya bozorlarining samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
– tovar va moliya bozorlari ishtirokchilarining iqtisodiy faoliyati erkinligini hamda tovarlarning erkin harakatlanishini ta’minlash;
– bozor ishtirokchilari uchun teng shart-sharoitlarni belgilash, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish;
– raqobat muhitini yaxshilash va rivojlantirish uchun respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining javobgarligini oshirish.
Amaldagi qonun bilan monopoliyaga qarshi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari yoritilmagan.