Muammolarni manzilli hal etish choralarini ko‘rish maqsadida (https://t.me/RaqobatGovUz/8953) Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan ushbu holatlar bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Hurmatli iste’molchilar, sizda ham yuqoridagi kabi temir yo‘l kassalaridan bilet sotib olingan vaqtda sovutish tizimi (kondisioner) xizmatlari uchun to‘lov amalga oshirilishiga qaramasdan yo‘lovchi poyezdlarida harakatlangan vaqtingizda sovutish tizimi (kondisioner) ishlamaganligidan norozi bo‘lsangiz, Raqobat qo‘mitasi yoki “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJga (poyezdlarda harakatlangan vaqtingizda sovutish tizimi (kondisioner) ishlamayotganligini tasdiqlovchi foto va video materiallari bilan quyidagi raqam va elektron pochta manzillariga) murojaat qilishingiz mumkin.
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ,
+99871 299-94-50 (1005)
uzjeldorpass@mail.ru
Raqobat qo‘mitasi,
+99871 207-47-00 (1159)
info@antimon.gov.uz
Mazkur murojaatlarni o‘rganish davomida ma’lum bir yo‘nalish bo‘ylab harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezd tarkibidagi yo‘lovchi vagonining sovutish tizimlari ishlamaganligi bo‘yicha murojaatlar o‘z tasdig‘ini topgan hollarda, mazkur yo‘lovchilarga havo haroratini mo‘’tadillashtirish va sovutish tizimlari ishlamaganligi uchun tegishli miqdordagi pul mablag‘lari kompensatsiya sifatida qaytarib berilishini ma’lum qilamiz.
Shuningdek, Raqobat qo‘mitasining takliflari asosida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan joriy yilning 19-iyul sanasidan kupe tipidagi vagonlarning havo sovutish tizimi uchun to‘lov undirilmaslikni, ya’ni chipta narxidan chegirilganligini bildiramiz.