Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin qizlar qo‘mitasi tomonidan 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishonini topshirish marosimi bo‘ldi.
Joriy yilda ham mazkur ko‘krak nishoni bilan taqdirlash uchun Respublika komissiyasiga 900 ga yaqin hujjatlar kelib tushdi. Komissiya a’zolari tomonidan mazkur ko‘krak nishoni bilan turli sohalarda yetakchi, matonatli, fidoyi va e’tirof nomiga munosib mo‘tabar ayollardan 305 nafari taqdirlandi.
Quvonarlisi, e’tirof etilganlar orasida Raqobat qo‘mitasi xodimi Dubrovskaya Valentina Konstantinovna ham bor. V.K.Dubrovskaya 1976-yildan buyon Qo‘mita tizimida turli lavozimlarda faoliyat yuritib kelmoqda.Qo‘mitadagi 48 yillik samarali faoliyati davomida o‘zining salohiyati va bilimi, kasbiga bo‘lgan mas’uliyati bilan boshqa xodimlarga o‘rnak bo‘lmoqda.
Qo‘mita jamoasi Dubrovskaya Valentina Konstantinovnani ushbu e’tirof bilan chin dildan qutlaydi.