Raqobat qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalariga iste’molchilardan sug‘urta, savdo va taksi xizmatlari bo‘yicha kelib tushayotgan murojaatlar o‘rganilib, ijobiy hal etib borilmoqda
Murojaatlar hududlar kesimida
Jizzax viloyati
Hududiy boshqarma Sh.RaShidov tumanida yashovchi fuqaro B.J. avtohalokatdan so‘ng “Gross Sug‘urta kompaniyasi” AJ tomonidan sug‘urta tovoni to‘lanmayotgani yuzasidan murojaat qildi. O‘rganishlar natijasida, fuqaroga 20 800 000 so‘m miqdorida sug‘urta tovoni to‘lab berilishi ta’minlandi.
Navoiy viloyati
Hududiy boshqarmaga Xatirchi tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro B.M. Navoiy shahrida xarid qilgan 6 mln so‘mlik BIRYUSA muzlatkichining motor qismidagi nosozlik bois bir necha bor savdo nuqtasi va servis markaziga murojaat qildi. O‘rganish natijasida “Dynamic System Distribution” MChJ servis markazi tomonidan muzlatkichdagi nosozlik bartaraf etilishi ta’minlandi.
Samarqand viloyati
Hududiy boshqarmaga fuqaro A.J.dan murojaat kelib tushdi. U KIA avtosalonidan sotib olgan avtomashina 2025-yilda ishlab chiqarilgan bo‘lsa-da, hujjatlarda 2024-yil deb ko‘rsatilganini bildirgan.
Mazkur murojaat o‘rganilib, avtomashina hujjatlarini to‘g‘rilab rasmiylashtirib berilishi ta’minlandi.
Toshkent shahar
Hududiy boshqarmaga Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi fuqaro G.N. “YandexGo UB” taksi xizmatidan foydalangan vaqtda ikki marotaba ortiqcha 32 500 so‘m pul yechib olingani haqida murojaat qildi. Holat “YandexGo UB” MChJ bilan birgalikda o‘rganilib, fuqaroga ortiqcha yechib olingan mablag‘ to‘liq qaytarib berilishi ta’minlandi.