Raqobat qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalariga iste’molchilardan savdo va transport xizmatlari bo‘yicha kelib tushayotgan murojaatlar o‘rganilib, ijobiy hal etib borilmoqda.
Murojaatlar hududlar kesimida
Toshkent viloyati
Hududiy boshqarmaga Prezident veb-sayti orqali yo‘llangan murojaatda fuqaro yangi “Sobalt” avtomobilida nuqson borligidan shikoyat qilgan. O‘rganishlar natijasida “Avtocentr Nurafshon” dileri tomonidan nuqsonli avtomobil sifatlisiga almashtirib berildi.
Qashqadaryo viloyati
Hududiy boshqarmaga Qarshi shahrida yashovchi fuqaro S.D. “Yandex Eats” taksi xizmati orqali 77 000 so‘mlik taom buyurtmasini bekor qilgan, ammo to‘lov qaytarilmagani uchun Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasiga murojaat yo‘llagan. Natijada fuqaroga ushbu mablag‘ to‘liq qaytarib berilishi ta’minlandi.
Surxondaryo viloyati
Hududiy boshqarmaga Jarqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro A.Q. “Jarqo‘rg‘on–Toshkent” yo‘nalishi uchun avtobus chiptasi sotib olgan, ammo belgilangan sanada safarga chiqa olmagani sababli chipta uchun to‘langan mablag‘ini qaytarishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan. Boshqarma tomonidan o‘rganish natijasida fuqaroga 242 000 so‘m to‘liq qaytarib berilishi ta’minlandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Raqobat qo‘mitasiga fuqaroning taksi haydovchisi tomonidan qo‘pol munosabatga duch kelgani yuzasidan murojaati kelib tushdi.O‘rganishlar natijasida “POBEDA 1222” MChJ haydovchisiga intizomiy chora sifatida ikki kunlik buyurtma qabul qilish taqiqlandi hamda kompaniya tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi.