Raqobat qo‘mitasi tomonidan savdo sohasidagi muammolar ijobiy hal etilmoqda
Raqobat qo‘mitasiga savdo sohasida, ya’ni iste’molga yaroqsiz mahsulotlar va ularni sifatlisiga almashtirib olishdagi muammolar yuzasidan fuqarolardan ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.
Murojaatlar hududlar kesimida:
🔵Toshkent shahar
Shayxontohur tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro O.K. tomonidan ishonch telefoni orqali “DRIVER’S VILLAGE” MChJga tegishli avtosalondan “COBALT GX-MIDNIGHT AT” rusumidagi xarid qilingan avtomobilning kuzov qismiga bo‘yoq qilinganligi sababli avtomobilini almashtirib berilishida amaliy yordam so‘ragan.
O‘rganish natijasida “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonuniga asosan, ya’ni ishni (xizmatni) qabul qilib olish vaqtida yoki uning bajarilishi jarayonida nuqsonlar aniqlangani uchun fuqaroning avtomobili sifatlisiga almashtirib berilishi ta’minlandi.
🔵Navoiy viloyati
Hududiy boshqarmaga Qiziltepa tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro P.T. maishiy texnikalar savdo do‘konidan xarid qilgan VOLTO rusumli televizorida 6 oy o‘tgach nosozliklar paydo bo‘lgani, savdo do‘koni mazkur muammoni hal etmayotgani yuzasidan murojaat qilgan.
Murojaat o‘rganib chiqilishi natijasida “VOLTO” MChJga tegishli servis markazi tomonidan televizordagi mavjud nosozlik bartaraf etilishi ta’minlandi.
🔵Surxondaryo viloyati
Hududiy boshqarmaga Boysun tumanida yashovchi X.S. tomonidan kelib tushgan murojaatda Farg‘ona viloyatida faoliyat yuritayotgan “Texnologiyalar olami” MChJga g‘isht ishlab chiqarish uskunasi buyurtma qilgan, ammo buyurtma noto‘g‘ri manzilga yetkazilgan, bundan tashqari unda bir qator texnik nosozliklar mavjudligi aniqlanganini qayd etgan.
O‘rganishlar natijasida mazkur MChJ tomonidan fuqaroga yetkazilgan 4,5 million so‘m miqdoridagi moddiy zarar
qoplab berilishi ta’minlandi.
🔵Qashqadaryo viloyati
Hududiy boshqarmaga tushgan murojaatda Chiroqchi tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Q.G. “UZUM” market onlayn do‘koni orqali changyutgich sotib olgani, ammo mahsulot hech qancha vaqt o‘tmasdan sifatsizligi sababli unga to‘langan pulini qaytarilishida amaliy yordam so‘ragan.
O‘rganish natijasiga ko‘ra, fuqaroga sifatsiz mahsulot uchun to‘lagan 4 500 000 so‘m mablag‘i to‘liq qaytarilishi ta’minlab berildi.
🔵Xorazm viloyati
Hududiy boshqarma Urganch shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroning Urganch shahrida joylashgan soat do‘konidan yangi soat xarid qilgani, ammo qisqa muddatda uning nosozligi ma’lum bo‘lgani, sotuvchi unga to‘langan pullarini qaytarib bermayotganidan norozi bo‘lib qoldirgan murojaatini o‘rganib chiqildi.
O‘rganishlarda ushbu mahsulot haqiqatda nuqsonli ekanligi o‘z tasdig‘ini topdi. Tadbirkorlik subyektiga “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun yuzasidan tushuntirish berildi. Shundan so‘ng fuqaroga 1 830 000 so‘m mablag‘i qaytarilishi ta’minlandi.