Raqobat qo‘mitasi tomonidan respublikaning hududlar kesimida aloqa xizmatlari sohasida iste’molchilardan kelib tushayotgan murojaatlar doimiy ravishda o‘rganilib, ularning huquqlari himoya qilinmoqda.
Jumladan,
☑️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida Fuqaro D.D. “Uztelecom” AKdan aloqa uchun belgilangan tarifdan ortiqcha undirilgan to‘lovlarni qaytarishi yuzasidan murojaat qilgan.
Qo‘mita tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasida fuqaroning telefon raqamiga ko‘ngilochar xizmatlari ulanganligi va bank tomonidan keladigan sms xabarnoma mavjudligi aniqlanib, kompaniya tomonidan abonent hisobiga 74500 so‘m qaytarilishi ta’minlandi.
☑️ Samarqand viloyati misolida Fuqaro Sh.Yu “Uztelecom” internet xizmat ko‘rsatish kompaniyasi internet tarmog‘iga obuna bo‘lganligi, ammo 1 oydan beri ishlamayotganligidan norozilik bildirib murojaat qoldirgan.
Mazkur holat bo‘yicha, hududiy boshqarma tomonidan olib borilgan ishlar natijasida fuqaroning murojaati ijobiy hal qilinib, internet tarmog‘iga ulanilishi ta’minlandi.
☑️ Sirdaryo viloyati misolida Fuqaro «OQ» kompaniyasidan 40 000 so‘mga sim karta xarid qilgan, ammo sim karta boshqa fuqaroga rasmiylashtirilgani ma’lum bo‘lib, to‘langan mablag‘ni qaytarish uchun hududiy boshqarmaga murojaat qilgan.
Hududiy boshqarma tomonidan olib borilgan ishlar natijasida, 40 000 so‘m mablag‘ qaytarilib berilishi ta’minlandi.
☑️ Surxondaryo viloyati misolida Fuqaro F.A. «Uzmobile» kompaniyasi tomonidan 01.08.2024 dan 01.07.2025gacha har oy “Obuna uchun” nomida asossiz 20 000 so‘m mablag‘ yechib olinishidan norozi bo‘lib, hududiy boshqarmaga murojaat qildi.
O‘rganish davomida fuqaroga tegishli raqam “Mobile Optima” tarif rejasiga ulangani va 21.08.2024dan “Omadli balans” pullik xizmatiga tushib qolgani aniqlandi. “Unitel” MCHJ tomonidan mablag‘lar qayta hisoblanib, murojaatchiga 212 300 so‘m telefon balansiga qaytarilishi ta’minlandi.
☑️ Toshkent shahar misolida Hududiy boshqarmaga «Uztelecom” AKning “Markaziy” filiali (Uzmobile) faoliyatiga oid ko‘plab iste’molchilardan murojaatlar kelib tushdi.
O‘rganishlar davomida iste’molchilarning ruxsatsiz va ogohlantirishsiz pullik obuna xizmatlari uchun asossiz mablag‘lari undirilgani aniqlanib, “Uztelecom” AKning “Markaziy” filiali tomonidan iste’molchilarga jami 734 291 so‘m mablag‘ qaytarilishi ta’minlandi.
☑️ Toshkent viloyati misolida Fuqaro “Humans” abonenti ekanligi va internet tezligini pastligidan foydalana olmayotganligini bildirib, hududiy boshqarmaga murojaat qilgan.
Hududiy boshqarma olib borgan o‘rganishlari natijasida, Internet xizmati tezligi me’yor darajasiga keltirilib, murojaat ijobiy hal etildi.
☑️ Qashqadaryo viloyati misolida Fuqaro X.E. Payme ilovasi orqali Humans kompaniyasi raqamiga 150 000 so‘m o‘rniga 300 000 so‘m o‘tkazib yuborgani sababli ortiqcha to‘lovni qaytarishda yordam so‘rab murojaat qilgan.
Hududiy boshqarma tomonidan o‘rganish jarayonida ilovadagi texnik xatolik tufayli to‘lov 2 marta amalga oshirilgani aniqlandi. “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunga asosan, fuqaroga ortiqcha to‘langan 150 000 so‘m kompaniya tomonidan to‘liq qaytarib berilishi ta’minlandi.