Raqobat qo‘mitasi tomonidan respublika hududlarida kesimida savdo, bank, ta’lim, aloqa va sug‘urta xizmatlari sohalarida iste’molchilardan kelib tushayotgan murojaatlar doimiy o‘rganilib, ularning huquqlari himoya qilinmoqda.
Jumladan,
🔘Samarqand viloyati misolida
Fuqaro N.A “Alif” raqamli platforma xizmat ko‘rsatish kompaniyasidan muddatli to‘lovga muzlatkich xarid qilib, to‘lovlarni vaqtida amalga oshirgan bo‘lsa-da, qo‘shimcha qarzdorlik hisoblanganligidan norozi bo‘lib, hududiy boshqarmaga murojaat qilgan.
Mazkur holat bo‘yicha, hududiy boshqarma tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijasida fuqaroning vajlari “Alif” raqamli platforma xizmat ko‘rsatish kompaniyasi tomonidan to‘liq bartaraf qilinishi ta’minlandi.
🔘Sirdaryo viloyati misolida
Fuqaro “Kapitalbank” ATB bankomati orqali 1 mln so‘m naqd pul yechish uchun plastik kartasini bankomatga kiritganligini ta’kidlab, kartadan pul yechilganligi ammo naqd pul chiqarib bermaganligini ma’lum qilib, mazkur mablag‘larni qaytarib olib berilishi yuzasidan hududiy boshqarmaga murojaat qilgan.
Murojaat yuzasidan hududiy boshqarma tomonidan olib borilgan ishlar natijasida “Kapitalbank” ATB tomonidan fuqaroga 1 mln so‘m miqdoridagi mablag‘lari qaytarib berilishi ta’minlandi.
🔘Surxondaryo viloyati misolida
Oltinsoy tumanida yashovchi fuqaro I.M Toshkent shahrida joylashgan “Alibgars” internet savdo do‘kondan sotib olingan elektron tikuv mashinasi nuqsoni borligi sababli boshqasiga almashtirib berishni so‘rab hududiy boshqarmaga murojaat qilgan.
Hududiy boshqarma tomonidan olib borilgan ishlar natijasida, xarid qilingan tikuv mashina sifatlisiga almashtirib berilishi ta’minlandi.
🔘Toshkent shahar misolida
Fuqaro F.K YATT “Magay Olga Aleksandrovna”ga qarashli “JUST” do‘konidan tovar xarid qilganligini, ushbu tovar sifatsiz ekanligi sababli, almashtirib berishlarini so‘rab murojaat qilgan, ammo do‘kon xodimlari almashtirib berish talabini rad etganligidan e’tiroz bildirib hududiy boshqarmaga murojaat qilgan.
Hududiy boshqarma tomonidan olib borilgan ishlar natijasida, murojaatda keltirilgan holatlar ijobiy hal etilib, iste’molchi huquqlari tiklandi.
🔘Toshkent viloyati misolida
Fuqaro “ALSKOM SUGʻURTA KOMPANIYASI” AJ Toshkent viloyati Chirchiq bo‘linmasi bilan Avtokreditni sug‘urtalash shartnomasi tuzgan, shartnomaga asosan fuqaro sug‘urta tashkilotiga jami 11.2 mln so‘m sug‘urta mukofoti majburiyatini to‘liq bajargan.
Ma’lum vaqt o‘tib, fuqaro olingan avtokreditni muddatidan oldin to‘lab, kredit qarzdorligini qoplagan bo‘lsa-da, sug‘urta tashkiloti fuqaro tomonidan to‘langan 11.2 mln so‘m sug‘urta mukofoti pulini foydalanilmay qolgan qismi qaytarmaganligidan norozi bo‘lib, hududiy boshqarmaga murojaat qilgan.
Hududiy boshqarma tomonidan olib borilgan ishlar natijasida, sug‘urta tashkiloti tomonidan murojaatchiga 2 597 284 so‘m sug‘urta mukofoti qaytarib berilishi ta’minlandi.
🔘Xorazm viloyati misolida
Shovot tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro A.I “Rus tili online” kursida o‘qish uchun shartnoma tuzganligi, biroq o‘quv kursi boshlanmasidan oldin oilaviy sharoiti to‘g‘ri kelmaganligi sababli, shartnomani bekor qilish bo‘yicha murojaat qilganligiga qaramasdan shaxsiy plastik kartasidan 870 000 ming so‘m pul mablag‘larini yechib olinganligidan norozi bo‘lib tuzilgan shartnomani bekor qilinishida va pul mablag‘ini qaytarilishda amaliy yordam so‘rab, hududiy boshqarmaga murojaat qilgan.
Hududiy boshqarma tomonidan olib borilgan ishlar natijasida, fuqaroning shartnomasi bekor qilinib, 870 000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari iste’molchining xohishiga ko‘ra qayta hisob-kitob qilib berilishi ta’minlandi.








