Raqobat qo‘mitasi tomonidan reklama axborotlarining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablariga mosligi yuzasidan muntazam o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
O‘rganishlar hududlar kesimida:
Namangan viloyati
Hududiy boshqarma Namangan shahar, Uychi ko‘chasi
1-uyda joylashgan binoning oldi qismida “RISOLA TRAVEL LUX” MChJ va “NUSRAT TOUR” MChJlarga tegishli “RISOLA” hamda “NUSRAT” yozuvlari tushirilgan tashqi reklamalar joyining pasporti mavjud emasligini o‘tkazilgan monitoringlarda aniqladi.
Mazkur qonunbuzilish holati yuzasidan maxsus komissiya tomonidan ikkala jamiyatga nisbatan, moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilib, bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.
Jizzax viloyati
Hududiy boshqarma tomonidan tashqi reklama vositalarini qonunchilik talablariga muvofiqlashtirish maqsadida o‘rganishlar olib borilganda “Aslina business” MChJ tomonidan binoning old qismida katta o‘lchamdagi (harf shaklida) pasportlashtirilmagan noqonuniy tashqi reklama konstruksiyasi o‘rnatilganligi aniqlandi.
Aniqlangan holat yuzasidan ogohlantirishlar berilgan, ammo tashqi reklama vositasi bilan bog‘liq kamchiliklar bartaraf etilmagan. Shu sababli Maxsus komissiya tomonidan mazkur MChJga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan moliyaviy jarimani ixtiyoriy ravishda to‘lash tavsiya etildi, shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Farg‘ona viloyati
Hududiy boshqarmaning o‘tkazgan monitoring tadbirlarida fuqarolar Abdukarimov Raxim Rayimjonovich va Qurvonaliyev Asilbek Baxtiyor o‘g‘li tomonidan “Sardor Turizm” Telegram kanali hamda “Asilbek,uz” YouTube kanali orqali joylashtirilgan «Umra» tadbirlariga oid reklama materiallarida “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablari buzilgani aniqlandi.
Yuqorida qayd etilgan holat yuzasidan mazkur fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 178¹-moddasida belgilangan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, tegishli hujjatlar sud organlariga yuborildi.
Buxoro viloyati
Hududiy boshqarma tomonidan tashqi reklama vositalarini o‘rganish jarayonida “WALMART WORLDWIDE” MChJ tomonidan o‘rnatilgan tashqi reklama obyekti (konstruksiyasi)da reklama joyining pasporti mavjud bo‘lmaganligi aniqlandi.
Shunga asosan, tadbirkorlik subyektiga nisbatan maxsus komissiya tomonidan ish qo‘zg‘atilib, moliyaviy jarima qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilindi va qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Andijon viloyati
Hududiy boshqarma Andijonda faoliyat yuritayotgan “Etis Family” MChJ turoperatorlik xizmati tomonidan «Umra» ziyorati tadbirini noqonuniy amalga oshirayotgani hamda faoliyat davomida ijtimoiy tarmoqlarda bu boradagi reklamalarini doimiy joylashtirib kelayotgani ma’lum bo‘ldi.
Maxsus komissiya tomonidan “Etis Family” MChJga nisbatan qonun talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilgani uchun ish qo‘zg‘atildi.