Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat xaridlarida 201 nomdagi mahsulotlar normativ-texnik hujjatlar talablariga javob bermasligi aniqlandi
Tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsizligi va ularning sifatini nazorat qilish maqsadida, tasdiqlangan reja-grafik asosida muntazam ravishda chakana savdoda tovarlar nazorat xaridii va ularni ekspertizadan o‘tkazish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.
Xususan, o‘tgan 2025-yilda jami 822 nomdagi mahsulotlarning nazorat xaridi amalga oshirilib ularning ekspertizadan o‘tkazish natijalariga ko‘ra, 201 nomdagi mahsulotlar normativ-texnik hujjatlar talablariga javob bermasligi aniqlangan.
Texnik jihatdan tartibga solish agentligiga ushbu mahsulotlar yuzasidan tegishli choralar ko‘rish uchun ma’lumot kiritildi. Bundan tashqari, nazorat xaridi natijasida sifatsizligi aniqlangan 12 mlrd 233 mln so‘mlik mahsulotlar iste’molchilarga sotilmasdan qayta ishlashga yuborildi.
Ma’lumot uchun. 2021-yilda 182 ta, 2022-yilda esa 242 ta, 2023-yilda 397 ta va 2025-yilda 822 ta mahsulotlarning nazorat xaridlari amalga oshirilgan bo‘lib, ushbu 822 ta mahsulotdan 201 tasining sifatsizligi aniqlangan,
Misol uchun:
🔘 Oziq-ovqat mahsulotlari o‘rganilganda 42 ta holatda (“Javoxir Samo” MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan “Okean” nomli, “Toshkent Tuz” MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan “Kafolat” nomli, “Pokiza tuz” MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan “Pokiza” nomli osh tuzlari;
🔘 “Golden Grain Business Group” MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan “Nurli Nan” nomli, “Navoiydonmahsulotlari” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan “Navoiy 1-navli bug‘doy uni” nomli “MIRAMILLER” MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan “Buyuk” 1-navli bug’doy uni nomli 15 ta turdagi un mahsulotlari va “Salar Meat Products” MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan “Andalus doktorskaya”, “TRENDMEAT” MChJ (Hislat) va “SALAR MEAT PRODUCT” XK ishlab chiqarilayotgan (Sherin) kolbasa mahsulotlari hamda “Rasulov Abduzokir” XK tomonidan ishlab chiqarilgan “Chig‘atoy” nomli mayonez va ketchup mahsulotlari.
🔘44 nomdagi Kombitik Global Kaplet PVT LTD Indiya, “Takeda Farmasyutikals Rossiya” MChJ, ““Sofarimeks-Industriya Kimika Farmasuetika” SA Portugaliya”, “Niderlandiya, Ebbot Biolodjikalz” va boshqa turdagi dori vositalari.
🔘24 nomdagi “Asia Milk Bukhara” MChJ “Domashniy katik” 950 gr, “Asia Milk Bukhara” MChJ «Milk day “Smetana” 350 gr, “Qubbo Milk Kream” MChJ “Toshkent” smetana va “Qubbo Milk Kream” MChJ “Toshkent” nomli hamda boshqa ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilayotgan qatiq mahsulotlari;
🔘91 nomdagi turli xil mahsulotlarining nomuvofiqligi aniqlangan;
🟠 45 ta holat yuzasidan aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, tegishli ko‘rsatma berilgan va amalga oshirilgan ishlar natijasida sifatsiz mahsulotlarning sotilishiga chek qo‘yilgan;
🟠 69 ta holatda yuzasidan, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ishlab chiqaruvchi va tegishli tashkilotlarga belgilangan tartibda so‘rovlar yuborilgan;
🟠 bugungi kunda 87 ta holat yuzasidan tegishli choralar ko‘rish ishlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari markaziy apparat tomonidan 16 turdagi maishiy texnikalarning ham nazorat xaridlari amalga oshirilgan bo‘lib, vakolatli organlar tomonidan tekshiruvlardan o‘tkazilgani, uning natijalariga ko‘ra maishiy texnikalar belgilangan talab me’yorlariga mos kelishi, biroq, 3 turdagi kabel va 2 turdagi changyutgich mahsuloti texnik jihatdan talab darajasida emasligi aniqlangan.
Aniqlangan holatlar yuzasidan vakolatli organga tegishli ma’lumotlar yuborilgan.








