Raqobat qo‘mitasiga respublikamiz bo‘ylab iste’molchilardan jami 20 872 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ular quyidagi yo‘nalishlarni qamrab olgan:
7 634 ta (36,6 foiz) uy-joy kommunal, transport xizmatlari;
7 697 ta (36,9 foiz) savdo va umumiy ovqatlanish;
4 886 ta (23,4 foiz) aloqa, moliya va ijtimoiy xizmatlar;
655 ta (3,1 foiz) reklama munosabatlari masalalariga to‘g‘ri keladi.
Mazkur murojaatlar va tizimli o‘rganishlar natijasida, 8,9 mln nafar iste’molchining qonuniy huquqlari himoya qilinib, ular foydasiga 113 mlrd so‘m mablag‘lar qayta hisob-kitob qilindi.
➖ Batafsil (https://raqobat.gov.uz/wp-content/uploads/2024/10/planshet-01.10.2024-uzm.jpg)