Raqobat qo‘mitasi tomonidan elektron tijoratning ommaviy oferta shartnomalarida 45 ta holatda aniqlangan kamchiliklar qonun talablariga muvofiqlashtirildi
Raqobat qo‘mitasi elektron tijorat bozori ishtirokchilari tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar talab darajasida emasligi yuzasidan tushgan murojaatlar asosida o‘rganishlarni o‘tkazdi.
📃 Xususan, elektron tijorat va masofadan turib (onlayn) mahsulot sotuvchi veb-saytlar hamda ommaviy oferta shartlari tahlil qilinganda quyidagi holatlar aniqlandi.
🔘26 ta holatda – Uzum Tezkor oferta shartnomasi (15 ta band, 117 ta kichik bandlardan iborat);
🔘18 ta holatda – “BeeMarket” (“Unitel” MChJ) oferta shartnomasi (18 ta band, 73 ta kichik bandlardan iborat);
🔘“Orzon.uz” (https://orzon.uz/) va “BROSTORE” (https://brostore.uz) oferta shartnomasi mavjud emas;
🔘“Seide International” XK MChJ ommaviy ofertalari davlat tilida berilmagan.
O‘rganishlarda elektron savdolarda nuqsonli tovarni almashtirish yoki pulini qaytarib bermaslik, iste’molchiga to‘liq, ishonchli ma’lumotlar taqdim etmaslik va yetkazib berish muddatlarini buzilishi hamda shartnomalarning davlat tilida taqdim etilmasligi kabi qonunbuzilish holatlari mavjudligi aniqlandi.
Qo‘mita tomonidan mazkur elektron savdo do‘konlariga kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar berilgan hamda so‘rov xatlari yuborilgan. Bugungi kunda ommaviy ofertalar qonunchilik talablariga moslashtirilishi ta’minlandi.
‼️ Hurmatli iste’molchilar yodda tuting!
☑️Masofadan turib xarid qilishda avvalo, e’tiborli bo‘lib, mahsulot va xizmat xususiyatlari bilan tanishib chiqing;
☑️Faqat ishonchli onlayn do‘konlarni tanlang, sharh va reytinglarni o‘rganing, narxlarni taqqoslang;
☑️Yetkazib berish va qaytarish shartlarini oldindan bilib oling;
☑️Xavfsiz to‘lov usullaridan foydalaning va shaxsiy kartalarga pul o‘tkazmang.
🖥 Raqobat qo‘mitasi tomonidan bu kabi o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.








