Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan aksiyadorlik tijorat Xalq bankining majlislar zalida o‘quv-seminari tashkil etildi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati hamda monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etishning ahamiyatini tadbir ishtirokchilariga tushuntirish va ularning sohaga oid bilimlarini oshirishdan iborat.
Seminarda asosiy eʼtibor Qonunning mazmun-mohiyati bilan bir qatorda davlat xaridlarini o‘tkazishda raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, moliyaviy xizmatlar sohasida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarda monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarga qaratildi.
Tadbir qizg‘in bahs-munozara va savol-javoblarga boy o‘tdi.