Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar” mavzuida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Raqobat qo‘mitasi rais o‘rinbosari Ulug‘bek Davlatov tomonidan hisobot berildi.
Jumladan,
Tovar va moliya bozorlarida raqobat holati tahlili.
Qo‘mita tomonidan 2025 yilda 210 ta tovar va xizmatlar bozorlari tahlil qilindi. Shundan, 29 ta bozorlarda raqobat muhiti holati, 76 ta tovar va ish xizmatlarning bozorlarda muqobillari mavjud yoki mavjud emasligi yuzasidan va 105 ta mahsulot bilan to‘yinganligi bo‘yicha ekspress tahlillar o‘tkazildi.
Tahlil natijalarida Vazirlar Mahkamasining 256-sonli qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomga asosan, 38 ta korxona 48 ta xizmatlar bo‘yicha ustun mavqega ega deb e’tirof etildi va 6 ta korxona 3 ta xizmatlar bo‘yicha ustun mavqeini yo‘qotganligi e’tirof etildi.
Shuningdek, ushbu Nizomning 2-ilovasiga asosan, 5 ta korxona 4 ta xizmatlar bo‘yicha raqamli platforma sifatida ustun mavqega ega deb e’tirof etildi.
Shu bilan birga 1 ta korxona 1 ta xizmatlar bo‘yicha ustun muzokara kuchiga ega deb e’tirof etildi.
Qonun hujjatlari va davlat organlari qarorlarining raqobat muhitiga ta’sirini baholash.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan loyiha.adliya.uz (project.gov.uz) portali orqali Qo‘mitaga kelib tushgan 878 ta normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari (ex–ante) raqobat muhitiga ta’siri yuzasidan ekspertizadan o‘tkazildi, shundan 125 ta (48 %) normativ-huquqiy hujjatlarda amaldagi qonunchilik hujjatlari va raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga zid normalar ekanligi aniqlangan.
III. Tovar-xom ashyo birjalarini litsenziyalash va xarid tizimlarni nazorat qilish.
Yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar bo‘yicha
Qo‘mita va hududiy organlar tomonidan 135 ta holatda birja savdolariga oid qonunchilik talablari buzilganligi bo‘yicha 124 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga nisbatan ish qo‘zg‘atildi. Jumladan,
65 ta holatda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan narxlar sun’iy oshirilishi bilan bog‘liq manipulyatsiya harakatlari sodir etilganligi va buning natijasida 14,7 mlrd so‘m mablag‘lar asossiz olinganligi aniqlanib, ushbu mablag‘larni undirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berilgan.
I Tartibga solinadigan narxlar va tariflarni tahlil va nazorat qilish hamda tabiiy monopoliya sub’ektlarini tartibga solish.
Narxlarni asossiz oshirish yuzasidan olib borilgan ishlar.
O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 722-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga rioya etilishi yuzasidan sub’ektlar kesimida joriy yilning o‘tgan davrida o‘rganishlar o‘tkazilgan va iste’molchilardan jami 95,0 mlrd so‘mdan ortiq asossiz daromad olinganligi aniqlangan hamda asossiz olingan 64,0 mlrd so‘m
1 mlndan ortiq iste’molchilarga qayta hisob kitob qilinishi ta’minlangan.
Davlat xaridlarida raqobatni ta’minlash.
Qo‘mita tomonidan davlat buyurtmachilari tomonidan o‘tkazilgan jami boshlang‘ich qiymati 18,8 trln. so‘m bo‘lgan 23 001 ta davlat xaridlari bo‘yicha o‘tkazilgan tahlillar natijasida buyurtmachilar tomonidan 16 135 ta (70,1 %) savdolar jarayonida 28 304 ta raqobatga zid harakatlar aniqlangan hamda vakolat doirasida 935 ta ish qo‘zg‘atilgan, 714 ta mansabdor shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilgan, 351 ta xaridlar bo‘yicha kamchiliklar buyurtmachilar tomonidan ixtiyoriy bartaraf etilishiga erishilgan.
Insofsiz raqobat amaliyotlariga, til biriktirishlar va kartel kelishuvlarga qarshi kurashish.
1.Insofsiz raqobatni aniqlash bo‘yicha.
2025 yil davomida Insofsiz raqobatni aniqlash bo‘yicha jami
321 ta murojaat ko‘rib chiqilgan va 64 ta murojaat bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan, 33 ta murojaat bo‘yicha ish qo‘zg‘atish rad etilgan, 210 ta murojaat buyicha tushuntirish xatlari yuborilgan, 10 ta murojaat bo‘yicha apellyatsiya tartibidagi shikoyat arizasi, 4 ta murojaat bo‘yicha ko‘rib chiqish davom etmoqda.
VII. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish sohasida amalga oshirilgan ishlar
Iste’molchilar murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha
Iste’molchilardan jami 53 670 ta murojaatlar kelib tushgan.
Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasida 46 662 tasi 88 foizi
(74 foizi qanoatlantirilgan, 14 foizi huquqiy tushuntirish berilgan) ijobiy hal etilgan bo‘lib, 7 foiziga tushuntirish berilgan,
3 foizi jarayonda, 2 foizi vakolatli organlarga yuborilgan. Natijada iste’molchilarga 46 mlrd. so‘m miqdorda yetkazilgan zarar qayta hisob–kitob qilingan.
Shu bilan birga, hisobot davrida jami 822 nomdagi mahsulotlarning nazorat xaridi amalga oshirilib (“Sifat nazorati” teleko‘rsatuvi bilan hamkorlikda), ularning ekspertizadan o‘tkazish natijalariga ko‘ra, 199 nomdagi mahsulotlar normativ-texnik hujjatlar talablariga javob bermasligi aniqlangan.
Iste’molchilarning nomuayyan doirasi huquqlarini himoya qilish bo‘yicha tizimli o‘rganishlar
Iste’molchilarning nomuayyan doirasi huquqlarini himoya qilish maqsadida 10 ga yaqin yo‘nalishda 378 ta tizimli o‘rganishlar o‘tkazilgan va iste’molchilardan jami 95,5 mlrd. so‘m miqdorida ortiqcha haq olinganligi aniqlangan.
O‘tkazilgan tizimli o‘rganishlar natijasida iste’molchilar foydasiga 79,9 mlrd. so‘m miqdoridagi mablag‘ qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlangan. O‘tkazilgan o‘rganish va tahlillar hamda murojaatlarni ko‘rib chiqilishi natijasida iste’molchilardan jami 141,4 mlrd. so‘m miqdorida ortiqcha mablag‘ olingani aniqlangan va tegishli choralar ko‘rilganligi oqibatida 116,1 mlrd. so‘m mablag‘lar qayta hisob-kitob qilinib, 19 456 524 nafar iste’molchilarning buzilgan huquqlari tiklangan.
Reklama foliyatini tartibga solish bo‘yicha
Reklamalarni joylashtirilishi va tarqatilishi bo‘yicha jami
34 882 ta o‘rganishlar o‘tkazilgan.
O‘rganish (monitoring)lar natijasida 16 880 ta holatda turli kamchiliklar aniqlanib, ularni tezkor bartaraf etish choralari ko‘rilgan.
Reklama beruvchilar tomonidan taqdim etilgan reklama eskizlarini amaldagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi yuzasidan 10 327 ta ekspertiza va tahlillar o‘tkazilib, ularning
1 094 tasi bo‘yicha reklama to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga nomuvofiqligi haqida xulosalar berilgan.
VIII. Monopoliyaga qarshi komplaens tizimini joriy etish
Bugungi kunga qadar jami 318 ta shundan, 73 ta tabiiy monopoliya sub’ektlarida, 113 ta tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda, 45 ta davlat ishtirokidagi korxonalarda, 19 ta eksklyuziv huquqlar berilgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda, 33 ta respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari
hamda 35 ta mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatida monopoliyaga qarshi komplaens tizimi joriy etildi.
Shundan, jami 68 ta davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatida tizim to‘liq joriy etildi.
IX. JAMOATCHILIK BILAN ALOQALARNI TASHKIL ETISh
Qo‘mitaning Markaziy apparati va viloyat hududiy boshqarmalari tomonidan jami OAV va internet sahifalarida 11 369 ta chiqishlar qilingan bo‘lib, shundan, markaziy apparat tomonidan 2 833 ta hamda hududiy tuzilmalar tomonidan 8 536 ta chiqishlar amalga oshirilgan.
Jumladan, televidenieda 521 ta lavha, radioda 178 ta eshittirish va matbuotda 165 ta maqolalar berilgan hamda internet tarmoqlarida jumladan, veb-sayt, telegram kanallari va feysbuk sahifalari orqali 10 526 ta materiallar berilgan.
QO‘MITAGA YUKLATILGAN VAZIFALAR VA KELIB TUSHGAN MUROJAATLAR YUZASIDAN
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Prezident Administratsiyasi rahbarining hamda Hukumatning tegishli topshiriqlari belgilangan muddatlarda va sifatli ijro etib kelinmoqda.
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, qarori va farmoyishi hamda bayonlarida belgilangan 576 ta topshiriqlar;
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining rezolyutsiyalaridagi 18 ta topshiriqlar;
– O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlaridagi 75 ta topshiriqlar to‘liq belgilangan muddatdan oldin ijrosi ta’minlandi.







