Raqobat qo‘mitasi tomonidan 2025-yil noyabr -dekabr oylarida bozor ishtirokchilariga ushbu davrda yuzaga kelgan metan gaziga kiritilgan vaqtinchalik cheklovlar holatidan foydalangan holda suyultirilgan gaz narxlarni asossiz oshirmaslik bo‘yicha profilaktik maqsadlarda ogohlantirishlar yuborilgan edi.
Shunga qaramasdan, ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan adolatli bozor prinsiplariga zid ravishda narxlarni asossiz oshirilishiga sabab bo‘luvchi manipulyatsiya va muvofiqlashtirilgan harakatlar alomatlari kuzatilmoqda.
Aniqlangan holatlar yuzasidan Qo‘mita tomonidan o‘rnatilgan tartibda qonunbuzilishi holatlari alomatlari bo‘yicha ish qo‘zg‘atish ishlari boshlandi.
Bundan tashqari, birja savdolarida narxlarni barqarorlashtirish yuzasidan «korreksiyalashtiruvchi» choralar ko‘rilmoqda, shu jumladan bozor ishtirokchilariga birja savdolariga mahsulotlarni to‘liq hajmda va bir maromda chiqarish bo‘yicha ko‘rsatmalar yuborildi.








