Raqobat qo‘mitasi tomonidan “UzAuto Motors” AJning dilerlik korxonalari taqdim etayotgan shartnomalari (8 ta band va 45 ta kichik banddan iborat) o‘rganilganda qonunchilikka nomuvofiq holatlar mavjudligi aniqlandi.
“UzAuto Motors” shartnomalarida iste’molchilar manfaatlari yo‘lida muhim o‘zgarishlar amalga oshirildi!
Raqobat qo‘mitasi tahlili natijasida “UzAuto Motors” AJni jalb qilgan holda shartnomaning 21 ta kichik bandi qonun talablariga muvofiqlashtirildi.
Jumladan:
Pulni qaytarish muddati
Avval: Qo‘shimcha shartnoma imzolangan kundan boshlab 30 kun bo‘lgan.
Endilikda: 10 kun muddatga qisqartirildi.
Avtomobilni yetkazib berish kechikishi
Avval: Ishlab chiqaruvchiga bog‘liq bo‘lmagan hollarda, ishlab chiqarishda vaqtincha uzilish yuz bersa, avtomobilni yetkazib berish muddati 3.1-bandida belgilangan muddatdan 45 kungacha uzaytirilishi mumkinligi sotuvchining majburiyatlari bo‘limida belgilangan edi.
Endilikda: Ushbu band fors-major bo‘limiga ko‘chirildi.
Takroran shartnoma tuzish holati
Avval: Bir rusumdagi avtomobil uchun bir yilda qayta shartnoma tuzish holati aniqlanganda, avtomobilni yetkazib berish muddati qo‘shimcha 120 kungacha uzaytirilishi mumkin edi.
Endilikda: Bu band to‘liq olib tashlandi.
Shuningdek, shartnomada sotuvchining qonunchilikda belgilangan majburiyatlari ham aniq belgilab qo‘yildi.
Raqobat qo‘mitasi tomonidan mazkur sohada iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.