Oxirgi vaqtlarda ommaviy axborot vositalari (xususan, telekanallar) orqali reklamalarni tarqatishda (joylashtirishda) qonunchilik talablari buzilishi holatlari ko‘zga tashlanmoqda.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Qo‘mita tomonidan raqamli televideniye xizmatlarini ko‘rsatuvchi provayderlarga (teleradiokanallar) ko‘rsatma xati yuborildi.
Ko‘rsatmada telekanallar bir oylik muddatda reklamaga oid o‘z faoliyatini amaldagi qonunchilik talablaridan kelib chiqib muvofiqlashtirishi va qayta ko‘rib chiqishi so‘ralgan.
Ushbu ko‘rsatma xati talablaridan kelib chiqib, Qo‘mita o‘z vakolatlari doirasida belgilangan tartibda sohaga oid monitoring tahlillari o‘tkazadi va o‘rganishlarda qonun buzilishi aniqlangan taqdirda, ushbu holatga yo‘l qo‘ygan subyektlarga nisbatan qat’iy ta’sirchan choralar, shu jumladan moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilishini ma’lum qilamiz.