Ayni damda Raqobat qo‘mitasi mutasaddilari Istanbul shahrida bo‘lib o‘tayotgan Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) a’zo davlatlar hukumatlari o‘rtasida Raqamli iqtisodiyot bo‘yicha sherikchilik Bitimi loyihasi yuzasidan o‘tkazilayotgan muzokaralarda ishtirok etishmoqda.
Ushbu Bitimning asosiy maqsadi elektron tijorat orqali a’zo davlatlar o’rtasida savdo aloqalarini mustahkamlash bilan birga raqamli bozorlarda raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilishdan iborat.