Raqobat qo‘mitasi Markaziy bangga tijorat banklarining kredit karta amaliyotlari (operatsiyalari)da iste’molchilar huquqlarini himoya qilish yuzasidan so‘rov yubordi
So‘nggi vaqtlarda mamlakatimizda iqtisodiyotning rivojlanishi, bunda aholi turmush tarzini oshirish maqsadida turli shakldagi kreditlar ajratish siyosati qo‘llab-quvvatlab kelinmoqda.
Ammo mazkur amaliyotlarda ayrim davlat va nodavlat tijorat banklari tomonidan taqdim etilgan kredit kartalaridan kommunal xizmatlar, o‘qish, tibbiyot va sug‘urta hamda soliq kabi to‘lovlar ham naqd pulga yechishga tenglashtirilib, ulardan foiz va komissiyalar undirilayotgani o‘z navbatida aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.
Yuqoridagilarni inobatga olib, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 4, 12, 19,21 va 23-moddalariga muvofiq,
🔘davlat va nodavlat banklar faoliyatini o‘rganib chiqish va ularning faoliyatini kredit kartalari foiz masalalarini qayta ko‘rib chiqish,
🔘iste’molchilar manfaatlarini hisobga olgan holda muvofiqlashtirish hamda asossiz olingan xizmat haqi pullarini qaytarish choralarini ko‘rish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga belgilangan tartibda so‘rov yuborildi.
Ushbu ish tafsilotlari yuzasidan qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.