Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlar xodimlari uchun monopoliyaga qarshi komplayens o‘qitish bo‘yicha ikki kunlik o‘quv kursi tashkil yetildi.
O‘quv kursi doirasida ishtirokchilarga raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikning mazmun-mohiyati, uning iqtisodiyotdagi ahamiyati hamda monopoliyaga qarshi tartibga solishning zamonaviy mexanizmlari yuzasidan batafsil tushunchalar berildi.
O‘quv mashg‘ulotlari Qo‘mita hamda sohadagi yetakchi mutaxassislar tomonidan olib borilib, ishtirokchilarning amaliy savollariga atroflicha javoblar berildi.
Kurs yakunida ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.
Mazkur o‘quv kursi xo‘jalik yurituvchi subyektlar xodimlarining monopoliyaga qarshi qonunchilik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, komplayens tizimini joriy etish hamda raqobat qoidalariga rioya etish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan.








