Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi hamda “Yuksalish” umummilliy harakati o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumi imzolandi.
Memorandum doirasida taraflar:
⏺ Raqobat muhitini tahlil qilish va bozorga kirishdagi to‘siqlarni aniqlash;
⏺ Jamoatchilik nazoratini rivojlantirish;
⏺ Fuqarolik jamiyati institutlari ishtirokini kuchaytirish;
⏺ Ta’limiy seminarlar, treninglar va konferensiyalar o‘tkazish;
⏺ Aholi o‘rtasida iste’molchilik madaniyatini oshirish;
⏺ Huquqiy savodxonlikni yuksaltirishga qaratilgan axborot kampaniyalari tashkil etish;
⏺ Xalqaro tashkilotlar bilan qo‘shma loyihalar amalga oshirish kabi yo‘nalishlarda birgalikda faoliyat yuritishni maqsad qilgan.
Shuningdek, Memorandum doirasida iste’molchilar huquqlari bo‘yicha aholi o‘rtasida so‘rovnomalar, fokus-gruppalar va boshqa sotsiologik tadqiqotlar tashkil etilishi, ular asosida qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan amaliy takliflar ishlab chiqilishi nazarda tutilgan.
Uchrashuv yakunida Tadqiqotlar markazi direktori Olimjon Jumayev “Yuksalish” umummilliy harakati rais o‘rinbosari Askar Mamatxanov bilan hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumini imzoladi. Kelgusida tomonlar o‘zaro axborot almashish, tadqiqot natijalarini chop etish va turli loyihalarda birgalikda ishtirok etish bo‘yicha kelishib oldilar.