Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligi xodimlari uchun raqobat siyosati va davlat xaridlari qonunchiligi bo‘yicha navbatdagi malaka oshirish kursi tashkil etildi.
Malaka oshirish dasturi doirasida ishtirokchilarga quyidagi mavzular yuzasidan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalar berildi:
⏺ “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning maqsad va vazifalari;
⏺ Ustun mavqe, monopoliya va tabiiy monopoliyalarni e’tirof etish mezonlari;
⏺ Monopoliyaga qarshi komplayens tizimi;
⏺ Insofsiz raqobat va uning turlari, moliyaviy javobgarlik choralari;
⏺ Kartel kelishuvlari va raqobatga zid kelishuvlar (gorizontal va vertikal);
⏺ Iqtisodiy konsentratsiya va davlat korxonalari faoliyatidagi antimonopol talablar;
⏺ Davlat xaridlari tizimidagi asosiy qoidalar va amaliyotdagi qonunbuzarliklar;
⏺ Raqamli platformalarda ustun mavqeni aniqlash va ularga nisbatan antimonopol talablar;
⏺ Birja savdolarida raqobatni ta’minlash va manipulyatsiya holatlari;
⏺ Normativ-huquqiy hujjatlarning raqobat muhitiga ta’sirini baholash usullari.
O‘quv kurslari Qo‘mita va Markazning yetakchi ekspertlari hamda Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘tkazilmoqda.
Kurs yakunida ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshiriladi
Markaz tomonidan tashkil etilayotgan bunday o‘quv kurslari sohada raqobat madaniyatini yuksaltirish, amaliyotdagi muammolarni bartaraf etish va professional bilimlarni kengaytirishga xizmat qilmoqda.