Prezident tomonidan imzolangan qonun (O‘RQ–855, 13.07.2023-y.) bilan “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
Kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchaga ko‘ra, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga, iqtisodiy hamda ma’muriy sudlarga murojaat qilish chog‘ida davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.