Qo‘mitaga joriy yilning o‘tgan vaqti davomida kelib tushgan murojaatlardan 350 dan ortig‘i avtomobillar savdosiga taalluqli.
Ushbu holatlar yuzasidan respublikadagi 60 dan ortiq avtomobillar chakana savdosi faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalarda o‘rganishlar olib bordi va quyidagi tizimli kamchiliklar aniqlandi:
5 ta avtosalonda servis markazi mavjud emas. Misol uchun, Surxondaryo viloyatidagi «Roodell» MCHJ va «Riteyl» MCHJ avtosalonlaridagi KIA, Haval hamda Chery tovar belgisi ostidagi avtomobillar.
“Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunga asosan ishlab chiqaruvchi tovardan kafolat muddati va xizmat muddati mobaynida foydalanish imkoniyatini ta’minlashi, tovarning ta’mirlanishini va unga texnik xizmat ko‘rsatilishini tashkil etishi shart.
39 ta avtosalonda davlat tilidagi avtomobildan foydalanish qo‘llanmasi mavjud emas.
Misol uchun, avtomobil boshqaruv panelidagi ma’lumotlarda Damas, Cobalt, Onix, Tracker, Malibu, Equinox, Traverse, Tahoe markali avtomobillaridagi qo‘llanmalar rus va ingliz tillarida ekanligi, Chery, HAVAL markali avtomobillarda esa rus tilida berilayotgani aniqlandi.
Shuningdek,“Roodell” MCHJ KIA va “ADM-ASTER” MCHJ QK avtosalonlarida ham texnik tavsiflar iste’molchilarga davlat tilida taqdim etilmayotgani aniqlandi.
13 ta holatda avtomobil uchun berilgan kafolat muddati bilan avtomobilning butlovchi qismlari kafolat muddatlari o‘rtasida tafovut mavjud.
Misol uchun, “Auto Region Plus” MCHJ tomonidan sotilayotgan BYD avtomobillari uchun 96 oy 150 000 km kafolat muddati berilgan bo‘lsa, qo‘rg‘oshin kislotali starter batareyasiga 12 oy yoki 20 000 km, yarim alohida qayd etilgan ehtiyot qismlariga 48 oy yoki 120 000 km kafolat muddatlari berilganligi aniqlandi. Bunday holatlar “Uzavtomotors” AK tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillarda ham kuzatildi.
Misol uchun, Sobalt rusumli avtomobiliga 36 oy yoki 100 000 km kafolat muddati berilgan, avtomobilning dvigateli uchun 24 oy yoki 50 000 km.
Xususan, “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunga asosan butlovchi buyumlarning kafolat muddati, asosiy buyumning kafolat muddatidan kam bo‘lmasligi holati o‘rganilganida:
barcha avtomobillarning butlovchi buyumlarning kafolat muddati, asosiy buyumning kafolat muddatidan kam ekanligi aniqlandi.
Belgilangan kafolat talablariga rioya etmaslik, ya’ni servis markazi yoki ular tomonidan tavsiya etilgan servis markazlaridan boshqa joylardan xizmat ko‘rsatilgan bo‘lsa yoki o‘z vaqtida olib kelinmagan bo‘lsa, shuningdek, avtomobilga yangi uskunalar o‘rnatilganda, ya’ni xavfsizlik qurilmasi (signalizatsiya), metan yoki propan yonilg‘isiga o‘tkazish va boshqa o‘zgartirishlar kiritilsa sotuvchi, ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan kafolatdan muddatlaridan chiqarib yuboriladi.
Iste’molchilar fikri o‘rganilganida, avtomobillar uchun berilgan kafolat qismlarida, avtomobildan foydalanish qo‘llanmasida keltirilgan texnik xizmat ko‘rsatish qoidalariga rioya qilgan holda avtomobil kafolat muddati tugamasdan foydalangan bo‘lsa, ular tavsiya bergan avto servisdan boshqa avto servisda foydalangan bo‘lsa kafolat muddati to‘xtatilishi aniqlandi.
Biroq, kafolatlar avtomobilni umumiy o‘ziga hamda alohida qismlariga berilishi qayd etilgan. Mazkur talablardan kelib chiqib, avtomobildagi kafolat aniq bir agregat uchun alohida qayd etilgan bo‘lsa, undagi kafolat ham alohida berilishi lozim.
Hozirgacha ishlab chiqarilgan avtomobillarni kafolatda turganligi yoki kafolatdan chiqib ketganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasi mavjud emas.
Yuqoridagilarga ko‘ra, Raqobat qo‘mitasi tomonidan aniqlangan ushbu holatlar, kafolat muddatlari bo‘yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘riladi.








