Bugun German Sparkassenstiftung for International Cooperation bilan hamkorlikda tashkil etilgan «Raqamli raqobat va sun’iy intellektni tartibga solish mexanizmlari» mavzusidagi ikki kunlik trening yakunlandi.
Trening oxirgi ikkita sessiya bilan yakunlandi:
-
«Monopoliyaga qarshi tartibga solish va sun’iy intellekt»
-
«Raqamli tartibga solish sohasidagi hamkorlik» (turli tartibga solish mexanizmlariga ega raqamli va sun’iy intellekt bozorlari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir, shu jumladan raqobat, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va ma’lumotlarni himoya qilish sohasi)
Ushbu trening bilimlar almashish, raqamli bozorlarni samarali tartibga solish bo‘yicha strategik yondashuvlar siyosati ta’sirini muhokama qilish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.