Raqobat qo‘mitasi tizimidagi kadrlar salohiyatini oshirish yuzasidan bugungi kunda har tomonlama islohotlar olib borilmoqda.
Raqobat qo‘mitasida Germaniyaning Sparkassenstiftung for International Cooperation tashkiloti bilan hamkorlikda Qo‘mita mutaxassislari uchun «Raqobat va sun’iy intellektni raqamli tartibga solish mexanizmlari» mavzusida ikki kunlik o‘quv-seminar boshlandi.
Ushbu trening ishtirokchilarning raqamli va sun’iy intellektga asoslangan bozorlarni tartibga solish bo‘yicha ko‘nikma va bilimlarini oshirishga qaratilgan.
17-18-sentyabr kunlari davom etadigan dastur bugun ikkita sessiya bilan boshlandi:
-
«Raqamli va sun’iy intellekt bozorlari»
-
«Raqamli raqobatni tartibga solish mexanizmlari» (Germaniya, Yevropa va Buyuk Britaniyaning tartibga solish yondashuvlari)
Treningni ushbu sohadagi mutaxassis doktor Kristof Karugati olib boradi.