O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 23-sentyabr kuni qurilish industriyasi va qurilish materiallari tarmog‘ini rivojlantirish chora-tadbirlari muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Qo‘mitasiga berilgan topshiriqlarga muvofiq qurilish materiallari bozorlarida mahalliy mahsulot bilan to‘yinganligi darajasi past bo‘lgan va import hajmi yuqoriligicha qolayotgan bozorlar tahlil qilinmoqda.
O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida bir qancha mahalliy mahsulotga to‘yinmagan va tadbirkorlar tomonidan yangi ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyatlari mavjud bozorlar aniqlandi. Jumladan:
germetika mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha mahalliy ishlab chiqaruvchi 1 ta, to‘yinganlik darajasi 0,1 foizni va import hajmi 7,3 mln dollarni;
fanera bo‘yicha mahalliy ishlab chiqaruvchi 17 ta, to‘yinganlik darajasi 2 foizni va import hajmi 30,4 mln dollarni;
bug‘ qozonlari (kotyol) bo‘yicha mahalliy ishlab chiqaruvchi 11 ta, to‘yinganlik darajasi 6 foizni va import hajmi 40 mln dollarni;
koler (rang beruvchi moddalar) bo‘yicha mahalliy ishlab chiqaruvchi 7 ta, to‘yinganlik darajasi 20 foizni va import hajmi 9,8 mln dollarni,
gul qog‘ozlar (oboyi) bo‘yicha mahalliy ishlab chiqaruvchi 19 ta, to‘yinganlik darajasi 21 foizni va import hajmi 76,2 mln dollarni,
parket panellar bo‘yicha mahalliy ishlab chiqaruvchi 7 ta, to‘yinganlik darajasi 24 foizni va import hajmi 1,8 mln dollarni,
sement va betonlar uchun tayyor qo‘shimchalar bo‘yicha mahalliy ishlab chiqaruvchi 7 ta, to‘yinganlik darajasi 26 foizni va import hajmi 13,5 mln dollarni,
PVA kleyi bo‘yicha mahalliy ishlab chiqaruvchi 7 ta, to‘yinganlik darajasi 49 foizni va import hajmi 2,2 mln dollarni tashkil etgan.
Qo‘mita ushbu o‘rganishlarni davom ettiradi va mahalliy bozorlarni to‘yinganligi va to‘yinmaganligi bo‘yicha Hukumatga va Tadbirkorlarga mahalliy mahsulot bilan to‘yinmagan qurilish materiallari bozorlari va yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish bo‘yicha imkoniyatlari bo‘yicha takliflar kiritib boradi.