2023-yil 15-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan joriy qilingan «Biz sizni eshitamiz» loyihasi doirasida respublikamizda faoliyat yuritayotgan qurilish materiallari mahsulotlari, shu jumladan sement ishlab chiqaruvchilari, importyorlar hamda ulgurji va chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar bilan sohaga oid olib borilayotgan islohotlar, qonunchilikda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, shuningdek sohada mavjud tizimli muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish maqsadida ochiq muloqot o‘tkazildi.
Ochiq muloqotda bozorlarda narxlarni barqarorlashtirish, sohada qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish, bugungi kunda sohada kuzatilayotgan va dolzarb bo‘lib turgan muammo hamda ularning yechimi bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi va ular muhokama qilinadi.Tadbirda sement importi realizatsiyasi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlari ishtirok etdi.
Mamlakatimizda sement mahsuloti realizatsiyasini tartibga solish sohasida bir qator me’yoriy hujjatlar mavjud bo‘lib, unga ko‘ra monopolist bo‘lmagan va (yoki) ustav fondi (kapitali)da davlat ulushi 50 foizdan kam bo‘lgan yoki davlat ulushi mavjud bo‘lmagan yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan sement hajmining kamida
50 foizi birja savdolari orqali realizatsiya qilinishi belgilangan.
USHBU TADBIRDA JAMOATCHILIK KENGASHI AʼZOLARI ISHTIROK ETISHDI
Ma’lumot uchun:
Respublikamizda 2019-yilgacha jami 12 ta sement ishlab chiqaruvchi korhonalar faoliyat yuritgan bo‘lib shundan 5 tasi ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi sub’yekt bo‘lsa bu ko‘rsatgich 2023-yilga kelib 32 tani tashkil etadi hamda ulardan 2 tasida davlat ulushi mavjud.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-avgustdagi PQ-5239-sonli qaroriga muvofiq 2021-yil 1-oktabrdan boshlab sement (klinker) ishlab chiqaruvchilar uchun foyda solig‘i stavkasi 20 foizdan 15 foizgacha pasaytirildi, shuningdek, 2022-yil 1-yanvardan boshlab sement ishlab chiqarishga mo‘ljallangan 1 tn ohaktosh uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi ikki baravar kamaytirgan holda 22 500 so‘m miqdorda belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 13-apreldagi PF-51-son Farmoniga muvofiq 2025-yil 1-yanvarga qadar sement mahsuloti (TIF TN kodi 2523) importida bojxona bojining nol stavkasi qo‘llanilishi belgilangan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyuldagi 450-sonli qaroriga muvofiq bugungi kunda sementni import asosida respublikaga olib kirishda xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga qulaylik yaratish hamda ichki bozorni sifatli sement bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida import qilinadigan sementni erkin muomalaga chiqarishni soddalashtirilgan tartib asosida amalga oshirish amaliyoti qo‘llanilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 24 noyabrdagi “Iqtisodiyot tarmoqlarida birja mexanizmlaridan foydalanishni kengaytirish hamda birja savdolarini tartibga solish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” qaroriga asosan endilikda birja orqali realizatsiya qilinishi 2024 yil 1 yanvarga qadar uzaytirildi.
Narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida sohaga sement (klinker) ishlab chiqaruvchilar uchun foyda solig‘i stavkasi 20 foizdan 15 foizgacha pasaytirildi, shuningdek, 2022 yil 1 yanvardan boshlab sement ishlab chiqarishga mo‘ljallangan 1 tn ohaktosh uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi ikki baravar kamaytirilgan. Shu bilan bir qatorda 2025 yil 1 yanvarga qadar sement mahsuloti importida bojxona bojining nol stavkasi qo‘llanilishi belgilangan.
O‘tkazilgan ochiq muloqotda sement mahsulotini ishlab chiqaruvchilar va uni import qiluvchi tadbirkorlar bilan mahsulot realizatsiyasi holati va sohadagi raqobat muhiti haqida fikrlar almashildi.
Tadbirda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farrux Karabaev va “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi boshqaruv raisi o‘rinbosari Bahodir Ismailovlarning “Qurilish materiallari, xususan sement ishlab chiqarish sohasida raqobat holati to‘g‘risida” va “Qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatidagi islohatlar va istiqbolli rejalar” mapvzuidagi taqdimotlari berildi. Mavzu yuzasidan tadbirda ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda O‘zbekiston texnik jixatdan tartibga solish agentligi vakillarining sohaga oid fikr-mulohazalari ham bildirildi.
Ma’lumot o‘rnida. Bugungi kunda respublikada 25,2 mln tn sement ishlab chiqarish quvvatiga ega 32 ta sement ishlab chiqaruvchi korxonalar mavjud. 2023 yil yanvar-avgust oylari davomida 51 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan, (shundan, 29 ta sement ishlab chiqaruvchi korxonalar va
22 ta sement importi va savdosiga ixtisoslashgan tadbirkorlar) birja savdolariga jami 10,1 mln tn sement mahsuloti yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 20 foizga ko‘p qo‘yilgan.
Shuningdek, joriy yil yanvar-avgust oylarida realizatsiya qilingan 1 tn sement boshlang‘ich narxi o‘rtacha 642 ming so‘mni tashkil etganligi ma’lum bo‘ldi. Bu narx o‘tgan yilga nisbatan 10 foizga oshgan.
Xususan, Raqobat qo‘mitasi tomonidan qurilish sanoatida xorijiy davlatlardan keltirilgan sement mahsulotlari narxlari muntazam tahlil qilib boriladi. Yanvar-avgust oylarida respublikaga jami 1,0 mln tn sement import qilingan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 30 foizga kam.