Ishni ko‘rib chiqish natijasida quyidagilar, joriy yilning mart-iyul oylarida birja savdolari orqali sotilishi kerak bo‘lgan jami 122,7 ming tn sement mahsuloti belgilangan talablarga zid ravishda to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida realizatsiya qilinganligi.
Bunda, jami 2,7 ming tn sement mahsuloti o‘rtacha hisoblangan birja kotirovkasidan yuqori narxlarda to‘g‘ridan to‘g‘ri realizatsiya qilinganligi natijasida 81,1 mln so‘m asossiz ravishda daromad olingan va boshqa sement ishlab chiqaruvchilarga nisbatan insofsiz raqobatni sodir etganligi aniqlandi.
Mazkur holatlar yuzasidan hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan “SHANGFENG-BRIDGE OF FRIENDSHIP” MCHJga nisbatan raqobatga zid harakatlarni, xususan raqobatchilarga nisbatan insofsiz raqobatni amalga oshirganligi (demping harakatlari) va birja savdolarini o‘tkazish chog‘ida raqobatni cheklaydigan harakatlarni sodir etganligi sababli belgilangan tartibida 4,9 mlrd (to‘rt milliard to‘qqiz yuz million) so‘m miqdorda moliyaviy jarima qo‘llash bo‘yicha qaror qabul qilindi. Shuningdek, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.
Shu bilan birgalikda, MCHJ tomonidan yuqori likvidli va monopol turdagi (sement) mahsulotini to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalarga asosan realizatsiya qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘ini hisoblash bo‘yicha to‘plangan hujjatlar soliq organiga yuborildi.
Ma’lumot o‘rnida. Maxsus komissiyaning ushbu qaroridan norozi bo‘lgan tomon Qo‘mitaning Apellyatsiya kengashiga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.