Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan “Lukoil Overseas Supply and Trading Ltd” kompaniyasiga nisbatan narx manipulyatsiyasi alomatlari bilan ish qo‘zg‘atilganiligi va o‘rganish ishlari olib borilayotganligi bo‘yicha ma’lum qilgan edi. (https://t.me/RaqobatGovUz/8926)
Ushbu ish yuzasidan Qo‘mitaning Maxsus komissiyasi “Lukoil Overseas Supply and Trading Ltd” kompaniyasiga O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Birja savdolarida yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi mahsulotlarni sotish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomi talablarining buzilishiga yo‘l qo‘yilganligi natijasida asossiz olingan mablag‘ni qaytarish bo‘yicha qaror qabul qilindi va qonunbuzilishlarni bartaraf etish va keyinchalik yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi.
Ma’lumot o‘rnida, Maxsus komissiyaning ushbu qaroridan norozi bo‘lgan tomon Qo‘mitaning Apellyatsiya kengashiga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.