Qoraqalpog‘istondagi o‘rganishlar davomida, Raqobat qo‘mitasi raisining tadbirkorlik subyektlari, fuqarolar va keng jamoatchilik vakillari bilan matbuot anjumani xamda ochiq muloqoti ham bo‘lib o‘tdi.
“Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar”ni Raqobat qo‘mitasi raisi Halilillo Turaxujayev tomonidan hisobot berildi.
Tadbir davomida jismoniy va yuridik shaxslardan murojaatlar tinglandi.
Xususan,
– tadbirkorlar davlat xaridlari jarayonlarida uchrayotgan muammolar va tender qoidalarini takomillashtirish bo‘yicha;
– qishloq xo‘jaligi kooperativlari tomonidan birja savdolarida fyuchers shartnomalari tuzish;
– ishlab chiqarish va eksport bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarning o‘z mahsulotlarini tashqi bozorga chiqarishdagi qiyinchiliklar, bu masalalarga amaliy yordam berish uchun qilgan murojaat va takliflari qabul qilinib, ularni tegishliligi bo‘yicha hal etish hamda boshqa masalalarni mas’ul davlat tashkilotlari bilan birgalikda o‘rganish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, tadbir davomida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilgan ishlar va ularning targ‘iboti darajasi past qamrovda ekanligi va bu yuzasidan Qoraqalpog‘istonda tegishli chora-tadbirlarni kuchaytirish, bu kabi seminar, targ‘ibot ishlarini ko‘proq amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Ochiq muloqot davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘tgan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berib o‘tildi.
Xususan, 2024-yilda kelib tushgan 900 dan ortiq murojaatlarni o‘rganish natijasida 1,7 mlrd so‘mdan ortiq pul mablag‘lari iste’molchilar va tadbirkorlik subyektlari foydasiga qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlangani ta’kidlandi.