Joriy yilning 23-uyun holatiga xarid savdolaridagi nohalol raqobatchilar yoxud Qoqaqalpog‘iston Respublikasi xarid savdolarida qonunbuzilishlar aniqlandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi Qonun talablariga rioya qilinishi bo‘yicha joriy yilning 23 iyun holatiga 1356 ta lot bo‘yicha jami boshlang‘ich narxi 195 milliard so‘mlik tanlov savdolarida o‘rganish ishlari olib borilib, narxi 100 milliard so‘mlik 753 ta lotlarda 773 ta holatda kamchiliklar aniqlandi.
Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha 17 ta buyurtmachilarga nisbatan ish qo‘zg‘atilgan va 2 ta mansabdor shaxslariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi «Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risida»gi Kodeksining 178-moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘yilganligi uchun maʼmuriy bayonnomalar tuzilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlari orqali maʼmuriy jarimalar qo‘llanilgan.
Shu bilan birga, qolgan buyurtmachilarning mansabdor shaxslariga nisbatan Maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma tuzish ishlari davom etmoqda.