O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-martdagi “Xotin-qizlarning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-122-sonli qarori ijrosi yuzasidan 17-may kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasida tadbirkor ayollar bilan uchrashuv-muloqot tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Zulayho Mahkamova boshchiligida oʻtgan uchrashuvda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Maryam Axmedova, Raqobat qoʻmitasi raisi maslahatchisi Goʻzal Qodirova hamda hududdagi tashkilotlarning mas’ullari ishtirok etishdi.
Xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini yuritishi va kengaytirishda yuzaga kelayotgan muammolar yuzasidan masʼullarga topshiriq berildi.
Ayollar bandligini taʼminlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik, hunarmandchilik, kasanachilik faoliyatiga jalb etish boʻyicha tavsiyalar berildi.