O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan yer osti quvurlarini o‘tkazish xizmatlari bozorida o‘rganish o‘tkazildi.
Mazkur xizmatlar bozorida, “Toshkent shahar yer osti umumiy o‘tish muhandislik kollektorlari boshqarmasi” DUK monopol ustun mavqega ega korxona hisoblanadi.
“Toshkent shahar yer osti umumiy o‘tish muhandislik kollektorlari boshqarmasi” DUK tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmat narxlari o‘rganilganda, jami 22 ta yuridik shaxs orqali 600 mingdan ziyod isteʼmolchilardan asossiz ravishda ortiqcha daromad olinganligi aniqlandi.
Qo‘mita tomonidan korxonaga qonunbuzarlik holatlarini bartaraf etilishi va kelgusida takrorlanmasligi hamda isteʼmolchilardan olingan ortiqcha daromadni qaytarilishi to‘g‘risida ko‘rsatma berildi.
Natijada, isteʼmolchilarning qariyb 2,12 mlrd so‘mlik manfaatlari himoya qilindi.