Raqobat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari F.Karabayev boshchiligida Surxondaryo viloyati Bandixon tuman hokimligida mahallalar “ettiligi”, tadbirkorlik subyektlari hamda aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Tadbir doirasida tumanning “Limonzor” MFY va “Charm qishloq” MFYlarga ham tashrif buyurildi va mahalla “ettiligi” tomonidan mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
Uchrashuvlar davomida tadbirkorlar hamda fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan 30 ga yaqin murojaat va takliflar qabul qilindi.
Jumladan,
☑️ Fuqaro M. Alixonova murojaatida ayni paytda tumanda 50 nafar tadbirkor faoliyat olib borayotgani, ammo mavjud bozorlarda ularga yetarli shart-sharoit yaratilmaganligi, endilikda hududda yangi bozorga ehtiyoj kattaligi;
☑️ Bandixon tumani, “Limonzor” MFY “Mahalla yettiligi” va mahalla aholisi issiqxon va ekin yerlarini sug‘orish uchun suv ta’minotidan amaliy yordam so‘rab, suv nasoslarini sotib olishida 10 mln so‘mgacha past foizli kredit mablag‘larini ajratish, bandlik resurslari mablag‘lari hisobidan xarid qilinadigan tovarlarni xususan suv nasoslari va motorollerlar kabi mahsulotlarni ta’minotchilari tomonidan bozor narxlardan yuqori narxlarda taklif etilayotganligi;
☑️ “Bandixon Agroklaster” MChJ rahbari K.Nabiyevning suv ta’minoti tarmog‘ini tortishda 500 metr masofadagi quvur o‘rnatilmay qolgani, bugungi kunda qishloq aholisi toza ichimlik suvidan foydalana olmayotgani;
☑️ A.Axmedov, “Charm qishloq” MFYdan. Bir necha yillardan buyon suv tarmog‘i orqali suv yetkazib berish to‘xtagan va aholi uzoq masofalardan suv tashib, kun kechirayotgani, bundan bolali oilalar, qariyalar va bemorlar qiynalayotgani;
☑️ Sh.Xudoyqulov, “Limonzor” MFYdan. Xonadoniga 50 kundan beri maishiy gaz ballonlari yetkazib berilmayotgani, elektr ta’minotida mavjud tarmoqlar ortiqcha yuklama sababli uzilishlarga uchrayotgani, ikkinchi liniyani tortilishi hamda mahallaning 500 metrlik yo‘lini asfaltlashtirish zarurligi;
☑️ Shuningdek, T.Avezov “Quduqsoy” MFYdan. Fuqaro mahalladagi hokim yordamchisi orqali 33 mln so‘m chorvachilik uchun kredit ajratish bo‘yicha ariza bergani, ammo bir oy vaqt davomida murojaati hal etilmagani, shuningdek, mahalladagi 600 metr ichki yo‘llarni shag‘allashtirishda amaliy yordam zarurligi haqida murojaati berildi.
Qo‘mita tomonidan tuman hokimligi va tegishli tashkilotlar bilan birgalikda mazkur murojaat va takliflar yechimi bo‘yicha birgalikda ishlanmoqda.