QO‘MITA QARORINING QONUNIYLIGI SUD TOMONIDAN YANA BIR BOR TASDIQLANDI
Raqobat qo‘mitasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan «Hududgazta’minot” AJ “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali faoliyati yuzasidan jamiyatning “Fossa” va “askug.hududgaz.uz” dasturlari orqali shakllantirilgan ma’lumotlar bazasi asosida o‘rganish o‘tkazilgan vaqtlar davomida ulgurji iste’molchilar bilan amalga oshirilgan hisob-kitoblarda qator qonunbuzilish holatlari:
– Jumladan, 79 nafar iste’molchiga jami 125,7 mln so‘m ortiqcha mablag‘ hisoblangani, shuningdek, 640 mln so‘mdan ortiq suyultirilgan gaz bo‘yicha ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun ortiqcha mablag‘ olinganligi holatlari aniqlangan.
Yuqoridagilarga asosan, hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filialiga nisbatan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun talablari buzilishi yuzasidan ish qo‘zg‘atilib, ishni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha iste’molchiga asossiz hisoblangan 770 mln so‘mga yaqin mablag‘ni qayta hisob-kitob qilish to‘g‘risida Qo‘mita qaror va ko‘rsatmasi berilgan edi.
Biroq, “Hududgazta’minot” AJ “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti Qo‘mita Maxsus komissiyasining ushbu qaror va ko‘rsatmasidan norozi bo‘lib, bir necha sud instansiyasi tartibida murojaat qilishiga qaramasdan sud instansiyalarida shikoyat qanoatlantirilmasdan Qo‘mitaning qaror va ko‘rsatmasi o‘z kuchida qoldirildi.








