Qo‘mita qarori qonuniyligi Oliy sudda yana bir bor tasdiqlandi
Raqobat qo‘mitasiga “Dorkompletsnab” MChJning “Qarshi xalqaro aeroporti” MChJ tomonidan tegishli “Yo‘l qurilish xizmati” bo‘yicha o‘tkazilgan boshlang‘ich qiymati 7.5 mlrd so‘mlik xaridlardan norozi ekanligi to‘g‘risida murojaati kelib tushgan.
Ushbu holat yuzasidan ishni ko‘rib chiqish natijasida Qo‘mita Maxsus komissiyasi tomonidan “Qarshi xalqaro aeroporti” MChJ tomonidan raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilgan deb topilib, moliyaviy jarima to‘lash tavsiya etilgan. Shuningdek, qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida ko‘rsatma berilgan.
“Qarshi xalqaro aeroporti” MChJ tomonidan ushbu qarordan norozi bo‘lib sudga murojaat qilingan, ushbu ish bir necha sud instansiyalarida ko‘rib chiqilib, yakunida Oliy sud Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan “Qarshi xalqaro aeroporti” MChJ tomonidan qonunbuzilish sodir etilganligi haqidagi Maxsus komissiyaning qarori qonuniyligi tasdiqlandi.
Bundan tashqari, Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudining 2026-yil 12-yanvardagi hal qiluv qarori bilan “Qarshi xalqaro aeroporti” MChJ tomonidan qonunbuzilish holati sodir etiliganligi yuzasidan moliyaviy jarima qo‘llash yuzasidan qaror qabul qilindi.








