Raqobat qo‘mitasi Maxsus komissiyasi tomonidan “Biznesni rivojlantirish banki” ATBga nisbatan “Reklama to‘g‘risida”gi va “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlarining tegishli moddalari talablari buzilishi bilan ish qo‘zg‘atilib, ishni ko‘rib chiqish yakunlari yuzasidan moliyaviy jarima qo‘llash yuzasidan qaror qabul qilinib, mazkur qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ko‘rsatma berilgan edi. (https://t.me/RaqobatGovUz/9796)
Biroq, “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Qo‘mita Maxsus komissiyaning ushbu qaror va ko‘rsatmasidan norozi bo‘lib, bir necha sud instansiyasi tartibida murojaat qilishiga qaramasdan sud instansiyalarida shikoyat qanoatlantirilmasdan Qo‘mitaning qaror va ko‘rsatmasi o‘z kuchida qoldirildi.