Joriy yilning 27-31-mart kunlari Qozon shahrida (Rossiya Federatsiyasi), Federal monopoliyaga qarshi kurashish xizmatining O‘quv-uslubiy markazida tashkil etilayotgan “Zamonaviy sharoitlarda oziq-ovqat mahsulotlarining ijtimoiy ahamiyatga ega bozorlaridagi monopoliyaga qarshi kurashish organlarining faoliyati” mavzusidagi davra suhbatida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi mutasaddilari ishtirok etishmoqda.
Mazkur tadbir doirasida ijtimoiy ahamiyatga ega iste’mol mahsulotlarining narxlari ustidan nazorat, ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlar bozorlarida narxlar monitoringini olib borishda xalqaro hamkorlik, agrosanoat kompleksini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash doirasida subsidiyalar ajratish, ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari bozorlarida raqobatga qarshi kelishuvlarni isbotlash metodologiyasi va amaliyotini o‘rganish ko‘zda tutilgan.
Ushbu tadbirda Rossiya Federatsiyasi, Belarus Respublikasi, Armaniston Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Braziliya, Misr Arab Respublikasi, Gambiya, Janubiy Afrika Respublikasi va boshqa horijiy mamlakatlarning qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining tovar bozorlarida monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va huquqni qo‘llash sohasida vakolatli organlar vakillari bilan bir qatorda Yevroosiyo Iqtisodiy Komissiyasi, BRICSning Raqobat huquqi va siyosati xalqaro markazi va Hindistonning CUTS International tashkiloti mutasaddilari ishtirok etishmoqda.