O’zbekiston Respublikasi Prezidenti videoselektoridagi topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi markaziy apparatidan 20 nafar va hududiy boshqarmalardan 80 nafar jami 100 nafar xodimdan iborat ishchi guruh tuzildi.Yoqilg’i quyish shoxobchalarida AI-80 markali benzinga narxlar qo’llanilishi hamda suyultirilgan gaz va ko’mirni aholiga o’z vaqtida yetkazib berish holatlarini o’rganish ishchi guruhning asosiy vazifasi etib belgilandi.
AI-80 benzini narxlarini asossiz oshirgan AYOQSHlarga narxlarni pasaytirish bo’yicha rahbarlari bilan uchrashish, taqdimnomalar kiritish, ogohlantirish berish, aholiga taqsimlanayotgan suyultirilgan gazni aholi ehtiyojiga mutanosib taqsimlanishini o’rganish aholiga yetkazib berilayotgan ko’mir mahsulotlarining sifati va hajmlari monitoringi yuritilishini hamda aholi manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash ishlari olib borilmoqda.
Zarur hollarda “O’zneftgazinspeksiyasi” viloyat bo’limi xodimlari bilan hamkorlikda AYOQSHlardagi avtomobil benzinining mavjud zaxiralarini xatlovdan o’tkazish hamda mavjud ortiqcha hajmlarni savdoga chiqarish choralari ham ko’rilmoqda.
Hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasining rasmiy sahifalarida tanishib borishingiz mumkin.