O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi joriy yilning 20-oktabr sanasida, Qo‘mita binosida Jahon Banki vakillari bilan “Institutsional salohiyatni oshirish missiyasi” dasturi doirasida uchrashuv o‘tkazdi.
Mazkur uchrashuvda Jahon Banki vakillari, Mariana Iotti xonim (bosh iqtisodchi), Gauhar Ospanova xonim (xususiy sektor bo‘yicha mutaxassis), janob Yerali Beksultan (xususiy sector bo‘yicha bosh mutaxassis), Davida Konnon xonim (xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha bosh mutaxassis) hamda Qo‘mita tomonidan Shaxrux Sharaxmetov (Qo‘mita raisi), Asadulla Qayumov (Qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari), Farrux Karabayev (Qo‘mita raisi o‘rinbosari), Sherzod Soatov (Xalqaro aloqalar va integratsiya boshqarmasining boshlig‘i), Bahodir Yusupjanov (Xalqaro aloqalar va integratsiya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari) ishtirok etishdi.
Xususan qayd etilgan uchrashuvda xususiy sektor sohasini tartibga solish borasida xalqaro ilg’or tajriba almashish bilan bir qatorda sohada raqobatni baholash metodikasi, narxlarni nazorat qilishni tartibga solish bo‘yicha yo‘riqnomalar va xususiy sektorda islohotlarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish mavzulari muhokama qilindi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi uchun Jahon banki va OECD mahsulot bozorini tartibga solish indeksini hisoblash uchun tegishli ma’lumotlarni to‘plash uchun mahalliy va xorijiy yuridik maslahatchi tanlash borasida muzokaralar olib borildi. O‘z navbatida, Jahon Banki vakillari Qo‘mitaga bu masala bo‘yicha to‘liq yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirib o‘tdi.