«O‘zbekistonda raqamli platformalarning monopoliyaga qarshi tartibga solishning dolzarb masalalari” mavzusidagi tadbir davomida Qo‘mita raisi o‘rinbosari Farrux Karabayev yaqinda kuchga kirgan Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi “Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 256-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomiga muvofiq tovar va moliya bozorlarida raqamli platforma operatorining ustun mavqeini va ustun muzokara kuchini e’tirof etish hamda raqobatning cheklanishiga va (yoki) iste’molchilarning, boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitishga olib keladigan harakatlarni aniqlash tartibi yuzasidan ma’lumot berib o‘tdi.
Shuningdek, tadbir davomida ishtrokchilar mas’ullardan o‘zlari qiziqtirgan savol yuzasidan javob olishdi. Tadbir munozarali savol-javoblar bilan qizg‘in ruxda bo‘lib o‘tdi.